08 fev 15:22
Yangiliklar
Dzyudo
Parij "Katta Dubulg'a". Kemran koreyalik kuchli raqibini engdi
Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning birinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina Paris Grand Slam 2020 musobaqasining -60 kg vazn toifasdagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kemran Nurillaev ilk g'alabasiga erishdi. Kemran ikkinchi bosqich uchrashuvida 18-Osiyo o'yinlari sovrindori, koreyalik Li Xarimni vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Kemran Nurillaevning uchinchi davradagi raqibi ispaniyalik Francisko Garrigos bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar