08 fev 17:22
Yangiliklar
Dzyudo

Parij "Katta Dubulg'a". Nurillaev chorak final ostonasida to'xtatildi
Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning dastlabki turniri davom etmoqda.
Hozirgina Paris Grand Slam 2020 musobaqasining -60 kg vazn toifasdagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kemran Nurillaev uchinchi davra uchrashuvini yakunladi. Kemran nimchorak finalda ispaniyalik Francisko Garrigosga qo'shimcha bo'limda yutqazib qo'ydi.
Kemran Nurillaev Parijdagi ishtiroki uchun 160 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Bahslarga ikkinchi davradan qo'shilgan dzyudochimiz 18-Osiyo o'yinlari sovrindori, koreyalik Li Xarimni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar