So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

08 fev 14:55
Yangiliklar

Dzyudo

Parij "Katta Dubulg'a". To'raev uchinchi bosqichda, Diyora, Diyorbek, Sardor va G'iyosjonda mag'lubiyat

Franciya poytaxti Parij shahrida uzoq kutilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oldi.

Xabar berganimizdek, Paris Grand Slam 2020 musobaqasining ilk kuni 6 nafar dzyudochimiz turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishi kerak edi.

Ulardan uch nafari raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi. -52 kg vazn toifasidagi vakilamiz Diyora Keldiyorova ilk davrada madagaskarlik Tessia Ciorinrinani mag'lub etdi. Ammo, ikkinchi bosqichda italiyalik taniqli raqibi Odette Gyuffridaga yutqazib qo'ydi. Keldiyorova Parijdagi ishtiroki uchun 120 reyting ochkosiga ega bo'ldi.  

-66 kg vaznli dzyudochimiz Sardor Nurillaev ikkinchi bosqich uchrashuvida ispaniyalik Martin Gayteroga qo'shimcha bo'limda imkoniyatni boy berdi. Ushbu vaznda debyut qilgan Diyorbek O'razboev ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sovrindori rosiyalik Murad CHopanovdan engildi. 

-73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hikmatulloh To'raev o'zining ilk bellashuvida botsvanalik Tirelo Lekokodan ustun keldi. Bu vazndagi ikkinchi vakilimiz G'iyosjon Boboev esa mo'g'ulistonlik Odbayar Ganbaatardan mag'lub bo'ldi. 

Birozdan so'ng Kemran Nurillaev (-60 kg) ikkinchi bosqich uchrashuvida 18-Osiyo o'yinlari sovrindori, koreyalik Li Xarimga qarshi tatamiga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing