09 fev 11:11
Yangiliklar
Parij "Katta Dubulg'a" turniri qahramonlari Vatanga qaytishdi FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hafta qahramonlarini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Turizm va sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, vazirlik va MOQ mutasaddilari, Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya mas`ullari hamda OAV xodimlari hozir bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, dunyoning ko'zga ko'ringan dzyudochilari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamizning 5 nafar azosi medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Turnirning ikkinchi kuni SHarofiddin Boltaboev (-81 kg), Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To'raboev (-100 kg) o'z vazn toifalarida bronza medali hamda 500 reyting ochkosini qo'lga kiritishdi.
Bu medallar sabab O'zbekiston medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 10-o'rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi kutilganidek, 7 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi bo'ldi.
Mezbonlar 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza bilan ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, kuchli uchlik mo'g'ulistonlik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi.
Fikrlar