So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

04 fev 16:23
Yangiliklar

Dzyudo

Parij "Katta Dubulg'a" turniriga yo'l oladigan tarkib malum, Franciyaga Lutfullaev ham boradi

8-9 fevral kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi.

Paris Grand Slam 2020 turnirida sayyoramizning 5 qitasi 121 davlatidan jami 740 (446 erkak, 294 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadi. G'oliblarning o'z hisobiga 1000 reyting ochkosini qo'shib qo'yishining o'ziyoq musobaqaning qanchalik nufuzga ega ekanligidan darak berib turibdi. 

Tabiiyki, "Katta Dubulg'a" turnirida O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham o'z mahoratini namoyish etadi. Parij gilamlarida 15 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Tanaffusdan so'ng terma jamoamiz etakchisi SHarofiddin Lutfullaev ham Tokio-2020 uchun beriladigan muhim reyting ochkolari uchun kurashadi. 

Malumot uchun, terma jamoamiz delegaciyasi 6 fevral kuni Parij shahriga jo'nab ketadi. 

Terma jamoa tarkibi:

-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev, Kemran Nurillaev  

-66 kg: Sardor Nurillaev, Diyorbek O'razboev

-73 kg: Hikmatulloh To'raev, G'iyosjon Boboev

-81 kg: Kamoliddin Rasulov, SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Hurramov

+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev

Qizlar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Nodira Yo'ldosheva

Bosh murabbiy - Ilias Iliadis

Murabbiylar - Bekzod To'raboev, O'ktam Rahmonov

SHifokorlar - Javlon Hasanov, Aziz Qayumov

Delegaciya rahbari - Azizjon Kamilov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing