02 noy 14:48
Yangiliklar
Tennis
Parij "Masters". Feliks Oje-Alyassim ikkinchi finalchi
Dunyoning 10-raketkasi Feliks Oje-Alyassim Franciyada yakuniga etib borayotgan Parij "Masters" turnirining final ishtirokchisiga aylandi.
anadalik iqtidor egasi 1/2 finalda ATP reytingida 16-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikni ikki set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Feliks oldinda bormoqda - 4:2.
To'qson etti daqiqa davom etgan bahsda Oje-Alyassim 12, Bublik 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha kichik ustunlik g'olib tomonida bo'ldi - 3 ga 2. Oje-Alyassim ikkinchi setda 1/4 hisobida boy berayotgandi. Bugun u bosh sovrin uchun italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar