02 noy 10:57
Yangiliklar
Tennis
Parij "Masters". Yannik Sinner 1/2 finalda Zverevni sochib tashladi
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda finalchilar aniqlandi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner final ostonasidagi uchrashuvda oson g'alabaga erishdi. Italiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni deyarli sezmadi - 6/0, 6/1.
Yannik tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 5:4. Oltmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Sinner 8, Zverev 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonda bo'ldi - 6 ga 0.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar