15 apr 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Patrisio Freyre UFC'dagi muvaffaqiyatsiz debyutini izohladi
Bellator Ligasining sobiq ikki karra chempioni, 34 yoshli braziliyalik Patrisio Freyre UFC'dagi muvaffaqiyatsiz debyut jangidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U 13 aprel tongida bo'lib o'tgan UFC 314 turniri doirasida Yair Rodrigesga imkoniyatni boy bergan edi.
"Panterani tabriklayman — biz hali yana ko'rishamiz. Men jarohat olganim yo'q, istalgan vaqtda jang qilishga tayyorman, UFC. Barcha muxlislarga rahmat — siz hali men bilan faxrlanasiz, bunga ishonishingiz mumkin", deb yozdi Freyre ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar