05 iyu 10:50
Yangiliklar

Pitbull UFC`dagi ikkinchi raqibini bilib oldi
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Freyre 12 aprel kuni dunyoning eng kuchli ligasida debyut qilgan va uning bu urinishi omadsiz bo'lgandi. Patrisio Mayamida o'tgan UFC 314 turnirida Yair Rodrigesga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan edi.
Qizig'i, uning bo'lajak raqibi amerikalik Den Ige ham aynan Mayami turniri kardida jang qilgandi. Freyredan farqli ravishda Ige uchinchi raundda SHon Vudsonni texnik nokautga uchratgandi. Bu bilan Den ketma-ket ikkita mag'lubiyatini g'alaba bilan yopishga muvaffaq bo'lgan edi.
Pastrisio Freyre - Den Ige jangi 19 iyul kuni Yangi Orlean shahrida tashkil etiladigan UFC 318 turniri doirasida o'tkaziladi. Ayni paytda Ige yarimengil vazn toifasi reytingida 14-o'rinni egallab turibdi. Patrisio esa hali Top-15`ga kirmagan.
Fikrlar