So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

29 may 19:39
Yangiliklar

Og'ir atletika

Pauerlifting bo'yicha "Tashkent Power" xalqaro turniri o'tkazildi

O'zbekiston pauerlifting federaciyasi qayta tashkil etilganligiga hali ko'p vaqt bo'lmadi.

SHunday bo'lsa-da, federaciya tashabbusi bilan mamlakatimizda muntazzam musobaqalar, milliy chempionat va xalqaro turnirlar o'tkazish ananaga aylangan. Kuni kecha ana shunday musobaqalardan biri poytaxtimizdagi "Anhor Lokomotiv" parkida bo'lib o'tdi.

"Tashkent Power" nomini olgan mazkur turnirda nafaqat yurtimizning iqtidorli sportchilari, balki Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi, Rossiya, Tojikiston va Ukrainadan kelgan 30 nafarga yaqin pauerliftingchilar o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Musobaqa Nizomiga ko'ra, "yotgan xolda shtangani ko'tarish" yo'nalishida -74, -93 va +93 kg vazn toifalarida bellashuvlar bo'lib o'tdi. O'zbekiston pauerlifting federaciyasi raisi Islom Islomovning malum qilishicha, mazkur turnirni har yili ananaviy ravishda tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qizg'in bellashuvlar yakunida g'oliblar nomi ham aniqlandi. Unga ko'ra, 74 kg vazn toifasida 165 kg natija bilan hamyurtimiz Kemran SHirinov g'olibliklikni qo'lga kiritdi. Qirg'izistonlik Bahrom Sobirov ikkinchi, Ukraina vakili Anton Yacevyuk uchinchi o'rinni band etdi.

SHuningdek, o'zbekistonlik Rustam Hamdamovga 93 kg vazn toifasida teng keladigan raqib topilmadi. U 202,5 kg natija qayd etdi va o'z vaznida chempionlikni qo'lga kiritdi. Kumush medal qozog'istonlik Sergey Yudchenkoga nasib etgan bo'lsa, hamyurtimiz Zaur Matiev bronza medali bilan taqdirlandi.

+93 kg vazn toifasidagi bellashuvlar anchayin hayajonli kechdi. Yakunda 225 kg natija bilan yana bir yurtdoshimiz Vladimir Alimjanov oltin medal sohibiga aylandi. Sovrinli o'rinlar qirg'izistonlik Avazbek Xalikov va Xurshid Sobirovlarga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g'oliblar qimmatbaho sovrinlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing