20 iyu 09:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Paulo Kosta bir yarim yillik tanaffusdan so'ng qaytdi va ikkitalik mag'lubiyatli seriyasini g'alaba bilan yopdi
UFC 318 turnirining ikkinchi asosiy jangi, yani co main event yakuniga etdi.
Unda o'rta vazn toifasidagi braziliyalik aralalash yakka kurash ustasi Paulo Kosta Rossiya vakili Roman Kopilov bilan to'qnash keldi.
Aslida, joriy yilning yanvar oyida o'tkazilishi kerak bo'lgan uch raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda hakamlar Kostaning 30-27, 30-27, 29-28 hisobida g'olib bo'lganini elon qilishdi.
Kosta 2022 yildan buyon ilk bor zafar quchdi. U shu vaqt ichida 2 ta mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Endi 34 yoshli sportchining hisobida 15 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Paulo bilan tengdosh Roman esa bugun o'zining 18-jangida 4-mag'lubiyatini qabul qildi. Unda 14 ta g'alaba ham bor.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar