22 apr 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Paulo Kosta Bogdan Guskovning chaqiruviga javob qaytardi
Braziliyalik UFC jangchisi Paulo Kosta hamyurtimiz Bogdan Guskovga murojaat qildi.
Avvalroq, Bogdan yana bitta g'alabadan keyin Paulo Kosta bilan jang qilish niyatida ekanini aytgandi.
"Yaxshi chorlov, Bogdan. Ruslarga qarshi hech qanday gapim yo'q — men ularni hurmat qilaman. Etirozim ko'proq chechen yigitga. Lekin, rostini aytsam, tushunmadim — sen o'zbeksan, lekin ruslardek ranjidingmi?", dedi Kosta.
Taqqoslash uchun, Paulo hozirda UFC reytingida etti, Bogdan esa o'ninchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar