20 iyu 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Paulo Kostaning rus sportchisiga qarshi jangi kechiktirildi
Rossiyalik MMA jangchisi Roman Kopilov hamda Braziliya vakili Paulo Kosta o'rtasidagi bellashuv belgilangan sanasiga 9 kun qolganida boshqa muddatga ko'chirildi.
Aslida, ushbu jang 29 iyun kuni Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan UFC 317 turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq Kostaning virusga chalingani malum bo'ldi.
Endilikda Roman Kopilov va Paulo Kosta jangi 19 iyul kuni Nyu-Orleanda tashkil etiladigan UFC 318 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar