25 apr 09:49
Yangiliklar
Dzyudo
Paxtakor tumanida zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi + FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yangidan qurilgan zamonaviy Dzyudo zalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Mahmudov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, tuman hokimi Husan Abduvohidov hamda dzyudo bo'yicha olimpiya o'yinlari, Jahon va Osiyo o'yinlari chempion hamda sovrindorlari ishtirok etdi.
Barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi ushbu dzyudo zalining tantanali ochilish marosimida SHaxrillo Mahmudov so'zga chiqib, mazkur yangi inshoot bilan tuman aholisi va yoshlarni muborakbod etdi. Otabek Umarov tomonidan yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida esdalik sovg'alari topshirildi.



























Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar