08 dek 12:57
Yangiliklar
Peddi Pimblett: "Men Islamga bosh og'rig'i bo'lardim"
Peddi Pimblettning fikricha, u UFC 280 turnirida CHarlz Oliveyraning o'rnida bo'lganida, Islam Maxachevga qarshi yorqinroq jang namoyish etar edi.
"Ochig'i, o'sha kuni ko'pchilik qatori men ham CHarlzning g'alabasiga "stavka" qilgandim. Bunga etarlicha asoslarim bor edi. Oliveyra faoliyati davomida Islamga qaraganda nomdor va kuchliroq raqiblar bilan jang qilgan. SHunday bo'lsa-da, Maxachevga hurmatimni saqlab qolgandim. Jangda esa umuman boshqa scenariyga guvoh bo'ldik. Ishoning, men Oliveyraning o'rnida bo'lganimda yorqinroq jang namoyish etardim. U hech narsa qila olmadi", - dedi Peddi UFC 282 turniri oldidan o'tkazilgan so'nggi matbuot anjumanida.
UFC "qafasi"da ketma-ket 3 ta nokautli g'alabaga erishgan Peddi Pimblett yakshanba tongida Las-Vegasdagi UFC 282 turnirida amerikalik Jared Gordonga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar