11 apr 18:45
Yangiliklar

Peddi Pimblett: "Menga hali ham past baho berishmoqda"
U matbuot anjumanida shunday dedi:
"Odamlar meni hali ham past baholaydi va menga etibor bermaydi. CHendler ham bu haqida gapirib: "Men Getji, Xuker va Pore bilan jang qildim. Peddi ularning hech biriga teng emas", deydi.
Men oktagonga qaytib, yana jang qilishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Mayk — Bellatorning afsonasi. U erda necha marta kamarni qo'lga kiritgan. UFCda esa u juda tomoshabop jangchiga aylandi. Ammo uning natijalari yaxshi emas: ikki g'alaba va to'rt mag'lubiyat.
Meni ilhomlantiradigan narsa — CHendler har doim jangni overxend yoki chap xuk bilan boshlashga urinadi. Bu mendagi adrenalinni ko'paytiradi. Mayk muxlislarga shou qilib berish uchun keladi. Va bu menga yoqadi.
Ammo men bilan uning orasidagi eng katta farq — jangdagi intellektual daraja. Men hurmatsizlik qilmoqchi emasman, ammo CHendler MMAdagi eng past IQga ega jangchilardan biri. SHuning uchun geymplan juda muhim bo'ladi", — dedi Pimblett UFC matbuot xizmatiga.
Fikrlar