14 apr 12:36
Yangiliklar

Peddi Pimblett: "Pore, Getji, Oliveyra yoki Carukyan"
"Biz mana shunday g'alaba qozonamiz. Reja bo'yicha ishlaymiz, jangovar razvedkadan foydalanamiz va shunchaki odamlarning yuziga musht tushiramiz.
Kuchli to'rtlik yoki beshlikdagi har biri bilan jang qilaman. Men chempionlikni xohlayman. Dastin Pore, Jastin Getji, CHarlz Oliveyra yoki Arman Carukyan bilan jang qilmoqchiman. Men Dastin, Jastin, CHarlzni hurmat qilaman — CHarlz ular orasidagi eng katta afsona, uni UFC tarixidagi eng yaxshi sabmishen mutaxassisi deb atashadi, lekin men bunga qo'shilmayman. SHuning uchun men CHarlz bilan jang qilish tarafdoriman", dedi Pimblett.
Pimblett kecha bo'lib o'tgan UFC 314 turniri doirasida CHendlerni uchinchi raundda texnik nokautga uchratib, g'alaba qozondi.
Fikrlar