13 may 15:31
Yangiliklar

Peddi Pimblett qachon oktagonga qaytishini aytdi
"O'zi aslida CHendler bilan janggacha ham oktyabr oyida Abu-Dabidagi turnirda oktagonga chiqishim aniq bo'lgandi. UFC har yili BAA poytaxtida raqamlangan turnir o'tkazib keladi. Men bu shouda jang o'tkazishni orzu qilaman. Ha, xuddi shunday. O'ylashimcha, aynan oktyabr oyida navbatdagi jangim uchun ideal vaqt", – dedi britaniyalik aralash yakkakurash ustasi o'zining YouTube-kanalidagi podkastida.
Malumot uchun, 30 yoshli Peddi Pimblett 2021 yildan beri UFC turnirlarida o'z janglarini o'tkazib keladi. Uning hisobida 7 ta g'alaba bor. Hozircha mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelmoqda. Oxirgi jangini mart oyida UFC 313 turniri doirasida amerikalik Maykl CHendlerga qarshi o'tkazib, nomdor raqibini texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar