01 okt 14:22
Yangiliklar

Pekin (ATP). Yannik Sinner faoliyatidagi 21-sovrinini qo'lga kiritdi
Musobaqa bosh sovrini dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinnerga nasib etdi. Italiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 52-pog'onada borayotgan amerikalik Lyorner Tenni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Sinner 10 ta eys zarbasini amalga oshirib, 4 ta breykka erishdi. Tenda esa bu ikki ko'rsatkich 0 ko'rinishida bo'ldi. Yannik faoliyatidagi 21-sovrinini qo'lga kiritdi. Bu uning ATP 500 toifasiga kiruvchi 6-tituli edi. U joriy mavsum "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open va Uimbldon turnirlarida ham bosh sovringa ega chiqqandi.
Italiyalik tennischi Pekin ATP 500 turnirida 2023 yilda ham chempion bo'lgandi. O'shanda u finalda rossiyalik Daniil Medvedevni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar