19 noy 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Pereyra Adesanyaga javob qaytardi: "Hayotingni saqlab qolgani uchun referidan minnatdor bo'l"
Aleks Pereyra Israel Adesanyaning gaplariga davob qaytardi.
O'rta vaznda UFC chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra sobiq raqibi, mazkur vaznning sobiq chempioni, nigeriyalik Israel Adesanyaning "referi jangni erta to'xtatdi" qabilidagi gaplariga javob qaytardi.
"Yaxshisi, hayotingni saqlab qolgani uchun referidan minnatdor bo'l. Boshingni egib turganingda bir-ikki marta kuchliroq tizza zarbasini yo'llashim kerak edi, kim biladi, o'shanda natija qanday bo'lardi", - deb yozgan Pereyra.
Havola :
Manba : twitter.com/MMAJunkie
Fikrlar