28 mar 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra Ankalaev bilan revansh qachon bo'lishini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra amaldagi kamar sohibi - rossiyalik Magomed Ankalaev bilan revansh muddati haqida gapirdi.
"Menga hozircha hech narsa aytilmadi, ammo avgust yaxshi vaqt. SHartnoma tayyor bo'lgan zahoti imzolayman. Nokaut bilan g'alaba qozonishim shart emas, lekin men bu yigit bilan xohlagan ishimni qilish uchun etarlicha kuchga ega ekanligimni his qilyapman", dedi Pereyra Ariel Xelvanining podkastida.
Eslatib o'tamiz, Pereyra va Ankalaevning ilk jangi mart oyi avvalida Las-Vegasda (AQSH) bo'lib o'tgan va unda rossiyalik sportchi g'alaba qozonib, yarim og'ir vazn toifasida tashkilotning yangi chempioni bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar