13 may 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra Ankalaevga qarshi revanshdan bosh tortdi
Yarimog'ir vazn toifasida amaldagi hamda sobiq UFC chempionlarining revansh jangi UFC 317 turnirida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan edi.
Amerikalik taniqli insayder Ariel Xelvanining xabar berishicha, braziliyalik Aleks Pereyra amaldagi chempion, rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi revansh jangi o'tkazishdan bosh tortgan. UFC 317 turniri 28 iyun kuni bo'lib o'tadi. Haligacha ushbu raqamlangan turnirning asosiy jangi yo'q.
Eslatib o'tamiz, Pereyra va Ankalaev o'rtasidagi jang 9 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etilgan UFC 313 turniri doirasida o'tkazilib, unda Ankalaev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, yarimog'ir vazn toifasining yangi chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar