06 mar 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra Ankalaevni Ramazon qoidalarini buzganlikda aybladi
Yarimog'ir vazn toifasida braziliyalik UFC chempioni Aleks Pereyra bo'lajak raqibi - rossiyalik Magomed Ankalaev haqida gapirdi.
"Menimcha, u Ramazondan bahona sifatida foydalanmoqda. Agar nimadir bo'lib qolsa, "dinim sababli qila olmadim", deydi. Yutqazib qo'ysa, "tiklanishga yaxshi etibor bera olmadim, juda sust mashq qildim", deb bahona qiladi.
Bugun men UFC PI'ga tushlik uchun ovqatimni olish uchun bordim. U erda uning ismi yozilgan ikkita sumka, ichida bir nechta maxsulotlar bor edi. Hammasi ro'yxat asosida. U ro'za tutmayapti. U odamlarni aldayapti", dedi Pereyra.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar