06 avg 13:43
Yangiliklar
Pereyra Josh Xokitning "vyzov"iga "otvet" qildi
"Aslida bunga hech qanday ehtiyoj yo'q. U shunchaki o'zini reklama qilmoqchi, buni o'ziga xos usulda amalga oshirmoqda. O'ylaymanki, u mening ismimni tilga olsa, darhol etibor qozonishini yaxshi biladi. Aynan shunday ham bo'ldi. Uning Oq uyda o'tgan turnirdagi o'z jangi haqida balki kamroq gapirilgan bo'lardi, lekin meni tilga olishi bilan qanday natija berishini u tushunib turibdi. SHunday ekan, bu aqlli harakat bo'lishi mumkin, ammo u noto'g'ri yo'l bilan amalga oshirildi", – dedi braziliyalik jangchi The MacLife nashriga bergan intervyusida.
Amerikalik jangchining rejasiga ko'ra, u va "Poatan" o'rtasidagi jang g'olibi og'ir vaznda britaniyalik Tom Aspinall va franciyalik Siril Gan o'rtasida bo'lib o'tadigan birlashtiruvchi jang g'olibiga navbatdagi raqib bo'lishi kerak edi. Ushbu jang joriy yilning kuzida UFC`ning raqamli turnirlaridan birining markaziy voqeasi bo'lishi kutilmoqda.

Fikrlar