18 jan 14:00
Yangiliklar
Pereyra raqib nomini aytish uchun "pokrishka" usulidan foydalandi
Tashkilotning asosiy yulduzlaridan biri bo'lgan braziliyalik chempion ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga shina yig'ish ustaxonasida o'tirgani va uning yonida "Jons keyingi" yozuvi tushirilgan "pokrishka" turgani aks etgan videoni joyladi.
Braziliyalik bu usulni birinchi marta qo'llayotgani yo'q - avvalroq u Magomed Ankalaevga qarshi jangni ham shu tarzda elon qilgandi.
UFC rahbari Dana Uayt yaqinda bergan intervyusida agar amerikalik sobiq chempion yarimog'ir vazn toifasiga tushsa, Aleks Pereyra va Jon Jons o'rtasidagi jang bo'lib o'tishi mumkinligini tan olgandi.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra oxirgi marta o'tgan yilning oktyabr oyida oktagonga ko'tarilgan va o'shanda u birinchi raunddayoq Magomed Ankalaevni nokautga uchratib, chempionlik kamarini qaytarib olgandi. Jons esa o'tgan yilning yozida og'ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini bo'shatib, istefoga chiqqanini elon qilgandi.

Fikrlar