15 okt 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan: "30 ga kirganimdan so'ng professional sportni tark etmoqchiman"
Super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Petr Yan kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
"Men qirol emasman. Hech qachon bu kabi balandparvoz so'zlarni qabul qila olmaganman. Faqatgina dimog'dor insonlar o'zlarini bunday atay olishadi.
Men kamarimni qaytarib olishni, yanya bir nechta himoya janglarini o'tkazishni rejalashtirganman. 30 ga kirganimdan so'ng professional sportni tark etmoqchiman.
Sport maktablari ochishni, Rossiyada bolalar sportini rivojlantirishni rejalashtirganman. Maqsadim sport bilan hamma bolalar bepul shug'ullanishi uchun sharoit yaratish.
Boshqa divizionlar esa meni umuman qiziqtirmaydi", -deydi Petr Yan.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan 30 oktyabr kuni Kori Sendxagen bilan jang olib boradi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar