08 iyu 11:45
Yangiliklar

Petr Yan - Aljameyn Sterling revansh jangi muddati aytildi
Bu haqida tashkilot prezidenti Dana Uayt UFC Arabia kanaliga bergan intervyusida malum qildi.
"Ha, bu jang o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan oktyabr oyida muxlislar chempionlik jangiga guvoh bo'lishadi. Demak, revansh jangi kutilganidan avvalroq tashkil etiladi", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, shu yilning mart oyida o'tgan jangda Aljameyn Sterling ushbu vaznda yangi UFC chempioni deb elon qilingandi. Bunga Petr Yanning taqiqlangan zarba bergani uchun diskvalifikaciya qilingani sabab bo'lgandi.
Takidlash joiz, 30 oktyabr kuni promoushenning UFC 267 turniri o'tkaziladi. Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vaznda UFC chempioni Yan Blaxovich davogar Glover Teysheyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar