04 fev 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan: "Jangga hali ancha vaqt bor, biroq u o'sha kuni yig'laydi”
Ancha engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari sohibi Petr Yan chempion Aljemeyn Sterlingga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Jangga tayyorgarlik ajoyib tarzda o'tmoqda. Jangga hali ancha vaqt bor, biroq u o'sha kuni yig'laydi. Uni muddatdan avval mag'lub etishga harakat qilib ko'raman. Sterling bu jangdan qochib qololmaydi, chunki unda so'nggi pullik translyaciyalik turnirda ishtirok etish imkoni bor", - deya fikr bildirdi Yan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar