28 jan 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Petr Yan: "UFC unga revanshni kafolatlab berdi"
Eng engil vazn toifasida rossiyalik amaldagi UFS chempioni Petr Yan keyingi jangi sobiq chempion Merab Dvalishviliga qarshi o'tishiga ishora qildi.
"Keyingi jangim allaqachon hal bo'lib ulgurgan. UFC Merabga men bilan revansh jangi o'tkazishini kafolatlab berdi. Merab tayyor bo'lib, barcha jarohatlaridan forig' bo'lgan zahoti, jang bo'ladi. Yoki bahorda, yo yozda", deydi Petr Yan.
Yan va Dvalishvili hozirga qadar ikki marotaba to'qnash kelgan. Birinchisida Merab ochkolar hisobiga, chempionlik kamari uchun kechgan ikkinchi bahsda esa Petr hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.

Havola :
Manba : RCC_Sport
Fikrlar