02 may 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan va Marlon Vera jang qilishga kelishib olishdi
Eng engil vaznda UFC sobiq chempioni Petr Yan Marlon Verani jangga chorladi.
"Janging yomonmas. Kun kelib oktagonda kuch sinashishimiz mumkin", - deb yozgan rossiyalik jangchi.
"Istalgan paytda kelishing mumkin", - deb javob qaytargan ekvadorlik Vera.
Marlon Vera bir necha kun oldin bo'lib o'tgan UFC Vegas 53 turnirining markaziy jangida amerikalik raqibi Rob Fontni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etdi va kafolatlangan gonorardan tashqari, qo'shimcha 50 000 dollar miqdorda pul mukofoti yutib oldi.
Petr Yan esa 10 aprel kuni Jeksonvilda, UFC 273 musobaqasi doirasida Aljemeyn Sterlingga qarshi revansh jangini o'tkazib, mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar