So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

21 dek 08:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Pettis Fergyusonga qarshi revansh jangi o'tkazmoqchi

Teglar :  UFCPettisFergyuson
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Entoni Pettis yana o'z vazniga qaytganini malum qildi.

U kecha UFC Vegas 17 turniri doirasidagi jangini yarim o'rta vazn toifasida o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra Aleks Morononi mag'lubiyatga uchratgandi. Pettis jangdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida engil vaznga qaytishi va ilk jangidayoq Toni Fergyusonga qarshi revanshda oktagonga chiqmoqchi ekanini aytdi. 

"O'ylashimcha, Fergyuson bilan revansh jangimiz ko'pchilikka ham qiziq bo'ladi. U ketma-ket ikkita jangda kuchli raqiblarga mag'lub bo'ldi. Menga Tonini tamom bo'ldi deguvchilar yoqmayapti. U xavfli raqib. Ilk jangimizda Fergyuson tirsak zarbasi bilan meni "ushlab" olgandi. Endi hammasi boshqacha bo'ladi. Men to'liq mashg'ulot lagerini o'tayman. Avvalgi jangdagi kabi hammasi tez amalga oshib ketmaydi", — dedi Pettis.

Eslatib o'tamiz, Fergyuson va Pettis o'rtasidagi ilk jang UFC 229 turniri doirasida o'tkazilib, unda Toni g'alaba qozongandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 dek 21:21:48
Abduquddus Salohiddinov
Qiziq jang boladi lekin
Nu Tony agarda yutqazib qoysa
Aftarteti qomeydi
Ketgani yaxshi
   
21 dek 11:09:39
CHELSEA2211
Zör jang bölgandi... Revanshda Tonyga omad... Pettis ham avvalgidek teskormas... Tonyda haliyam tezlik bor lekin, qandaydir ximoyalanishda hatoga yöl qöyadi, yuzini berib qöyadi... Jang bölsa muxlislar zerikib qolmasligi aniq...
   
21 dek 10:03:19
Mironsho Jabborov
Usha kechadagi Xabib va Conor dan kora qiziqarliroq jang bolgan edi Tony vs Pettis. Showtime vaziyatdan foydalanib Tonydan alamini olmoqchi, ikkisi ham manga yoqadi. Yana bir marta super jang korsak yomon bolmasdiyu no lekn Tony ni ham light dagilardan kop alami bor. El cucuy yana yutqazishini korish alamli. Mobodo shunday bolsa Khabib aytganidek NO TONY NO KHABIB nobody can stay forever as #1
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing