08 apr 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

PFL 2 turniri sobiq UFC sportchisi ishtirokidagi asosiy jangini yo'qotdi
Kelayotgan yakshanba tongida AQSHning Orlando shahrida PFL 2 turniri bo'lib o'tadi.
Turnirga besh kun qolgan bir paytda oqshomning asosiy jangi bekor qilindi. Sobiq UFC jangchisi Taila Santos Gran-prining 1/4 final jangida Juliana Velaskesga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin nomalum sabablarga ko'ra Taila bu jangda qatnasha olmaydigan bo'ldi.
Tashkilotchilar braziliyalik aralash yakkakurash ustasining o'rnini Ekaterina SHakalova egallaydi. PFL 2 turnirining asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida Leandro Igo va Josh Rettingxauz o'rtasida o'tkaziladigan bo'ldi. SHakalovaning raqibasi Sara Orozkoning taqdiri hozircha nomalum. Unga boshqa raqiba beriladimi yoki karddan echiladimi, hozir bu mavhum bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar