19 dek 12:04
Yangiliklar
PFL chempioni Movlid Xaybulaevga "hukm" o'qildi
Professional jangchilar ligasi (PFL) tashkiloti Mavlid Xaybulaevni 2025 yilgi yarim engil vazn toifasi chempionligi hamda barcha pul mukofotlaridan mahrum qildi.
"AQSH antidoping agentligi (USADA) Professional Fighters League (PFL)ni 1 avgust kuni Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahrida bo'lib o'tgan PFL 2025 jahon turniri finalidagi g'alabadan so'ng, Mavlid Xaybulaevda taqiqlangan modda aniqlangani haqida xabardor qildi", - deyiladi tashkilot bayonotida. - PFL qoidalariga ko'ra, Xaybulaev diskvalifikaciya qilindi, uning PFL 2025 Jahon turniridagi ishtiroki bekor qilindi. Diskvalifikaciya natijasida Movlid 2025 yilgi PFL yarim engil vazn toifasidagi turnir g'olibligi, chempionlik kamari va barcha bonuslardan mahrum etildi".
Eslatib o'tamiz, Mavlid Xaybulaevning diskvalifikaciyasiga rekombinant eritropoetin (rEPO) testi musbat chiqqani sabab bo'lgandi. Doping namunasi 2025 yil 1 avgust kuni PFL Jahon turniri finalida olingan edi.
USADA xabariga ko'ra, Xaybulaev modda xususiyati va test o'tkazish vaqti tufayli maksimal bir yillik diskvalifikaciya muddatiga ega bo'lgan. Sportchining diskvalifikaciyasi joriy yilning 1 avgustidan boshlab hisoblanadi.

Fikrlar