07 may 13:13
Yangiliklar
PFL Ostin turnirining asosiy jangi elon qilindi, u revansh maqomida bo'ladi + POSTER
Promoushen rahbarlari tomonidan ushbu oqshomning asosiy jangi rasman tasdiqlandi. U revansh maqomida bo'ladi. O'rta vazn toifasi vakillari Kostello van Stinis va Jonni Eblin o'zaro oktagonni ikkiga bo'lishadi. Jang o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechadi.
Sobiq Bellator chempioni Jonni Eblin o'tgan yili iyul oyidagi shov-shuvli mag'lubiyatiga qadar 17 ta g'alabali seriya bilan kelgan. O'shanda u so'nggi beshinchi raund tugashiga to'qqiz soniya qolganida Kostello van Stinisga yutqazib qo'ygandi. Stinis Eblinni ortdan bo'g'ib qo'ygan edi.
SHu yilning mart oyida ispaniyalik aralash yakkakurash ustasi uchinchi raundda Fabian Edvardsni nokautga uchratib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bo'lsa, amerikalik jangchi oradan bir hafta o'tib, hamyurti Brayan Battlni birinchi raunddayoq taslim etgan va faoliyatini muvaffaqiyatli yo'lga qaytargandi.

Fikrlar