03 mar 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Pikasso o'yindan chiqdi. Inoue uchun may oyiga raqib qidirilyapti
Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue endi amerikalik Ramon Kardenasga qarshi jang qilishi ehtimoli mavjud.
Aslida, yaponiyalik charm-qo'lqop ustasi may oyida Devid Pikassoga qarshi ringga chiqishi kerak edi, biroq Pikasso jarohati tufayli mayga qadar tiklana olmasligini malum qildi.
Kardenas bilan ehtimoliy jang ham 4 may sanasiga rejalashtirilmoqda. Manzil esa Las-Vegas shahri (AQSH).
Naoya so'nggi jangini yanvar oyida Jung Kimga qarshi o'tkazib, nokaut orqali g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar