17 jan 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Pimblett UFC tarixidagi to'rt buyuk jangchini sanadi, ro'yxatga Xabib va Jons kiritilmadi
Engil vazn toifasi UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan angliyalik Peddi Pimblett YouTube’dagi Paramount UFC Crew kanaliga bergan intervyusida UFC tarixidagi buyuk to'rt jangchini sanab berdi.
Peddining ro'yxatida Xabib Nurmagomedov va Jon Jonsga joy topilmadi.
Pimblett talqinida UFC tarixidagi buyuk 4 jangchi:
1. Jorj Sen-Per.
2. Demetrius Jonson.
3. Amanda Nunes.
4. Joze Aldo.
Eslatib o'tamiz, Pimblett navbatdagi jangini bir haftadan so'ng engil vazn toifasida sobiq UFC vaqtinchalik chempioni amerikalik Jastin Getjiga qarshi o'tkazadi. Ushbu to'qnashuv Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining asosiy jangi bo'ladi. O'rtaga engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari qo'yiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar