14 mar 08:12
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova Antaliyada reytingdagi qo'shnisiga mag'lub bo'ldi
Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA Challenger 125 toifasidagi turnir o'tkazilmoqda.
O'zbekistonlik Polina Kudermetova kecha mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Megasaray Hotels Open turnirining chorak final bosqichi doirasida kortga chiqdi.
Slovakiya vakilasi Tamara Zidansekka qarshi uchrashuv 1 soat, 57 daqiqa davom etdi va yakunda Zidansek 2:1 (6/3, 1/6, 6/3) hisobida zafar quchib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Taqqoslash uchun, 22 yashar Polina hozirda dunyo reytingida 147, 28 yoshli Tamara esa 148-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar