30 mar 07:43
Yangiliklar
Polina Kudermetova CHarlston WTA 500 turniri asosiy to'riga chiqdi
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova musobaqaning asosiy to'r bahslariga yo'l oldi. Vakilamiz kvalifikaciyaning 1/2 finalida amerikalik Karolin Ansarini 6/2, 2/6, 7/5 hisobida mag'lub etgandi.
Kecha tunda 22 yoshli tennischimiz saralashning finalida Niderlandiya vakilasi Eva Vedderga qarshi bahs olib bordi. Saralash turnirida beshinchi raqam ostida tasniflangan Kudermetova raqibasini ikki set natijasiga ko'ra ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.
Malumot uchun, Kudermetova hozirda WTA reytingida 153, Eva Vedder 254-o'rinni egallab turibdi. Polina 1 ta eys zarbasini amalga oshirib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Fikrlar