29 mar 15:42
Yangiliklar
Polina Kudermetova CHarlston WTA 500 turniri saralashini muvaffaqiyatli boshladi
Musobaqa saralashida o'zbekistonlik Polina Kudermetova ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. U kvalifaciyaning ilk bosqichida amerikalik 25 yoshli Karolin Ansariga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Polina 6/2, 2/6, 7/5 hisobida g'alaba qozondi.
Endi 22 yashar Polina musobaqa asosiy to'ri yo'llanmasi uchun Niderlandiya vakilasi Eva Vedderga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bugun bizning vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Malumot uchun, Kudermetova hozirda WTA reytingida 153-o'rinni egallab turibdi. U taslim etgan Ansari esa reytingda 295, 26 yoshli Eva Vedder 254-o'rinda qayd etilgan.
CHarlston WTA 500 turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 2 mln 300 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqa chempioni 5 aprel kuni aniqlanadi.
Fikrlar