So’nggi yangiliklar

13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0

01 apr 09:03
Yangiliklar

Tennis

Polina Kudermetova dunyoning 71-raketkasini mag'lub etdi

AQSHning CHarlston shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 2 mln 300 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi WTA 500 turkumidagi turnir davom etmoqda.

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova musobaqaning asosiy to'r bahslariga saralash turniridagi ikki g'alabasi evaziga yo'l olgan edi. Vakilamiz kecha tunda asosiy to'rning ilk davrasida ukrainalik Oleksandra Oliynikovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan murosasiz bahsda 22 yoshli Kudermetova raqibasini uch set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 7/6(1), 6/4.    

Malumot uchun, Kudermetova hozirda WTA reytingida 156, Oliynikova 71-o'rinni egallab turibdi. Polina 4, Oleksandra 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ukrainalik tennischida ko'proq bo'ldi - 6 ga 4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. SHu yilning 25 fevral kuni Turkiya turniridagi ilk bahsda Oliynikova uch set natijasiga ko'ra g'alaba qozongandi. 

Bugun Polina Kudermetova 1/16 finalda dunyoning 24-raketkasi, kanadalik iqtidor egasi Leyla Fernandesga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 23:30da boshlanadi. Turnirda to'qqizinchi raqam ostida tasniflangan Leyla o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing