11 apr 15:56
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova final ostonasida uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 125 toifasiga kiruvchi turniri davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham muvaffaqiyatli ishtirok etayotgandi. Afsuski, vakilamiz hozirgina yakuniga etgan 1/2 final bahsida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Polina 101 daqiqa davom etgan bahsda italiyalik Lisa Pigatoga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi — 0/6, 6/2, 1/6.
Taqqoslash uchun, Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 151, Pigato 189-o'rini egallab turibdi. Bugungi uchrashuvda Polina 4, Lisa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar italiyalikda ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Bu tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:1. Pigato Kudermetovani ilk bor mag'lub etdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar