15 jan 15:39
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova ham Avstraliya ochiq chempionatidagi ilk raqibini bilib oldi
Malum qilganimizdek, O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova "Katta dubulg'a" tasnifidan o'rin olgan Australian Open musobaqasida qatnashadi.
Uning ilk davradagi raqibasi ispaniyalik Guyomar De Reales bo'ladi. Guyomar De Reales musobaqa kvalifikaciya bosqichining finalida AQSH vakilasi Elvira Kalievani mag'lubiyatga uchratdi.
Polinaning ispaniyalik tennischiga qarshi bahsi 18 yanvar tongida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova Avstraliya ochiq chempionatining ilk davrasida dunyoning uchinchi raqamli raketka ustasi, AQSH vakilasi Koko Gauff bilan to'qnash kelishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar