04 avg 10:57
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova ishtirokidagi bahs ikkinchi setda to'xtatildi
O'zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Toronto shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi Canadian Open turnirining ilk davrasida kortga chiqdi.
Neytral maqomdagi rossiyalik Alina Korneevaga qarshi bahsda Kudermetova jarohat tufayli o'yinni yakunlay olmadi.
Alina birinchi setni 6/0, ikkinchisini esa 3/0 hisobida o'z foydasiga hal qilib turgan bir paytda Polinaga jarohati pand berdi va rus tennischisi ikkinchi davraga yo'l oldi.
Malumot uchun, 19 yashar Alina Korneeva hozirda dunyo reytingida 89, 23 yoshli Polina Kudermetova esa 108-o'rinda bormoqda. Hamyurtimiz asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar