25 fev 18:40
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova kambek qurboni bo'ldi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida "CHellenjer" turkumidagi xalqaro musobaqa start oldi.
Musobaqada 22 yoshli hamyurtimiz Polina Kudermetova ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Polina bugun ilk bosqich doirasida ukrainalik Oleksandra Olinikova bilan bahs olib bordi. 1 soat, 46 daqiqa davom etgan o'yinda Oleksandra 2:1 (1/6, 6/2, 6/3) hisobida zafar quchdi va nimchorak final bosqichiga yo'l oldi. U turnirda birinchi raqam ostida saralanganini ham alohida takidlash lozim.
Malumot uchun, 25 yashar Olinikova hozirda WTA reytingida 71-pog'onada bormoqda. Polina Kudermetova esa 148-o'rinni band etib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar