10 jan 11:40
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova Kanberrada final uchrashuvini o'tkazdi
O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Avstraliyadagi turnirning finaliga chiqqani haqida xabar bergandik.
Tennischimiz WTA 125 toifasidagi musobaqa finalida Xitoy Taypeyi vakilasi Joanna Garlendga (129) qarshi kortga chiqdi.
1 soat 26 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Kudermetova 4:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqani vice-chempion sifatida yakunladi.
Kudermetova finalgacha etib kelish orqali 19 700 AQSH dollari va 81 reyting ochkosi ishlab oldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar