07 apr 09:00
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova Madridda muvaffaqiyatli start oldi
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakilasi Polina Kudermetova WTA 125K Madrid turnirining dastlabki bosqichida g'alaba qozondi.
U 1/16 final bosqichida turnirning 6-raqamli raketka ustasi Mayar SHerifni 6:1, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Keyingi bosqichda Kudermetova Franciya sharafini himoya qiluvchi Jessika Ponshega qarshi kortga chiqadi. O'yin 8 aprel kuni 14:00 da boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, 22 yoshli Polina Kudermetova hozirda dunyo reytingida 151, 29 yashar Jessika Ponshe esa 170-o'rinda bormoqda.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar