04 jan 07:56
Yangiliklar
Tennis
Polina Kudermetova O'zbekiston uchun ilk uchrashuvini Kanberrada o'tkazadi
O'zbekiston bayrog'i ostiga o'tgan yana bir rus tennischisi Polina Kudermetova 2026 yilgi mavsumni boshqa tennis malikalarimiz singari Avstraliyadagi turnirlar bilan boshlaydi.
U ertaga tongda Kanberra CHellenjeri doirasida kortga chiqadi. 22 yashar Polinaga asosiy to'rning dastlabki bosqichi doirasida neytral maqomdagi rossiyalik 18 yoshli sportchi Alina Korneeva raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Kudermetova ayni damda WTA reytingida 104, Korneeva esa 211-o'rinni egallab turibdi. Bu Polina uchun O'zbekiston nomidan o'tkazadigan ilk o'yini bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar