21 avg 17:25
Yangiliklar
Polsha prezidenti XOQ rahbari bo'lish uchun davogarlik qilmoqchi
Bu haqida mamlakatning sobiq prezidenti Aleksandr Kvasneskiy xabar qildi.
Duda 2025 yilda Polsha prezidentligidan ketadi. XOQ rahbarligi uchun saylov ham kelasi yili bo'ladi.
"Andjey Duda prezidentlikdan so'ng nima qilish haqida o'ylayapti. Lekin men unga haqiqatga yaqinroq narsani maslahat berardim. XOQda tashkilot azoligi, prezidentligi uchun tanlov qilishning o'z qoidalari bor. XOQning tarkibiga asosan sportchilar, murabbiylar va Olimpiyachilar kirishadi.
Siyosatchi foydalanishi mumkin bo'lgan kichik lazeyka bor - lekin bu shunchaki mening nazariy fikrim.
Agar siyosatchi Olimpiya o'yinlarining tashkilotchisi yoki tashkil etilishiga katta hissa qo'shgan bo'lsa... Lekin Polshada xech qanday Olimpiada bo'lmaganligini yaxshi bilasiz", - dedi Kvasnevskiy.
Fikrlar