So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

24 mar 11:49
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz Hindistonda o'tgan "Do'stlik" kubogida 20 ta medal qo'lga kiritishdi

21-23 mart kunlari Hindistonning Xaryana shtati Roxtak shahrida joylashgan Maharshi Dayanand universititetida yoshlar festivali bo'lib o'tdi.

Mazkur festival doirasida O'zbekiston, Rossiya va Hindiston davlati o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha xalqaro "Do'stlik" deb nomlangan turnir ham o'tkazildi.

Xalqaro musobaqada O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti yordamchisi Bekzod Boltabaev, terma jamoa bosh murabbiyi Oybek Mullaboev, xalqaro toifadagi hakamlar Elmurod Abdullaev, Jamshidbek Egamov va polvonlarizmizdan iborat 20 nafar sport delegaciyamiz ishtirok etib, munosib natijalarni qo'lga kiritishdi. 

G'olib va sovrindorlarimiz: 

Belbog'li kurash klassik yo'nalishi 

Erkaklar: 

Oltin medal

57 kg. Hanaboy O'rayimov

62 kg. Abbos Ahmadjonov

75 kg. Murodjon Hamidov

82 kg. Dostonbek Obidjonov

90 kg. Samandar Abdusalomov

+100 kg. Azimjon Yo'ldoshev


Kumush medal 

100 kg. Nurbek Isoqov 


Bronza medal

68 kg. Bekpo'lat Boqirov


Ayollar

Oltin medal 

52 kg. Farangiz Abdunabieva

+76 kg. SHirinoy Yo'ldosheva


Kumush medal 

58 kg. Feruza Sobirova


Bronza medal 

76 kg. Dildora Mamadalieva

76 kg.  Muxlisa Rustamova

Belbog'li kurash erkin yo'nalishi: 

Oltin medal 

57 kg. Hasanboy O'rayimov

62 kg. Abbos Ahmadjonov

+100 kg. Azimboy Yo'ldoshev


Kumush medal 

68 kg. Bekpo'lat Boqirov 

75 kg. Murodjon Hamidov 

82 kg. Dostonbek Obidjonov 

90 kg. Samandar Abdusalomov 

100 kg. Nurbek Isaqov

Yakuniy natijalarga ko'ra, polvonlarimiz umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni band etishdi. 

Ushbu xalqaro turnir doirasida O'zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko'magida Hindistonning bir qator vazirlik va idoralarining yuqori lavozimdagi masullari, parlament azolari bilan Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida hamkorlikka oid muhim uchrashuvlar o'tkazildi.

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi va Hindiston belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida ikki tomonlama belbog'li kurashni yanada rivojlantirishga oid memorandum imzolandi. O'tkazilgan muzokaralarda "Do'stlik" kubogi anaanaviy turnirga aylantirilib, navbatdagi musobaqa 2026 yil Toshkentda o'tkazilishi belgilandi. 

Turnirning tantanali ochilish va taqdirlash marosimida O'zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sardor Rustamboev ishtirok etdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing