So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

21 dek 13:41
Yangiliklar

Bolalar sporti

Polvonlarmizning jahon chempionatidagi muvaffaqiyati

Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida belbog'li kurash bo'yicha 1998-2000 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida Jahon chempionati musobaqasi yakunlandi.

Yigirma to'rtta davlatdan ikki yuz ellik nafardan ortiq polvonlar ishtirok etgan mazkur Jahon chempionatida o'smirlar sakkiz vazn toifasida, qizlar esa oltita vazn toifasida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada to'liq tarkib bilan ishtirok etgan terma jamoamiz ikkita oltin, uchta kumush va o'nta bronza medallar shodasiga ega chiqishib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

Natijalarga ko'ra, Sardorbek Madaminov (68 kg. Andijon) hamda Nodirbek Ahatjonov (82kg. Andijon) lar o'z vazn toifalarida barcha raqiblaridan ustun kelib, Jahon chempionlariga aylangan bo'lishsa, Sarvarjon To'xtasinov (62 kg. Namangan), Rivojiddin SHarofiddinov (75 kg. Namangan), Durdonaxon Abdukarimova (+76 kg. Andijon)lar ikkinchi o'rinlarni band etishdi. 

Zukurjon Kosheterov (57 kg. Qoraqalpog'iston), Muhammadmahmud Ashurov (90 kg. Andijon), Oybek Karimov (90 kg. Farg'ona), O'rinboy Abdisamatov (100 kg. Farg'ona), Kamolaxon Xabibullaeva (48 kg. Andijon), Quralay Asetullaeva (48 kg. Qoraqalpog'iston), SHaxzoda Ergasheva (52 kg. Andijon), Manzuraoy Mo'ydinova (48 kg. Farg'ona), Dilafruz Mamajonova (66 kg. Namangan), Arzigul Akimbaeva (76 kg. Qoraqalpog'iston) lar uchinchi o'rinlarni egallashdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 6-9 dekabr kunlari Rossiya davlatining Qozon shahrida 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etgan belbog'li kurashchilarimiz 7 ta oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medallarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi egallashgan edi. 

Oradan hech qancha vaqt o'tmay polvonlarimiz yana muvaffaqiyatlarga erishib, xalqaro sport arenasida Yurtimiz bayrog'ini yana bir bor eng baland hilpirashini, madhiyamiz sadolari baralla yangrashini taminladilar.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing